Suyima Gʼaniyevani xotirlab...

Joriy yil 20-fevral kuni OʼzR FА Аlisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, OʼzR FА Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti, Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʼzbekiston davlat Sanʼat va madaniyat instituti hamkorligida Oʼzbekiston qahramoni, navoiyshunos va matnshunos olima, professor Suyima Gʼaniyevaning ilmiy merosini oʼrganishga bagʼishlangan "Suyima Gʼaniyevaning merosi va matnshunoslik masalalari" mavzusida ilmiy-adabiy anjuman oʼtkazildi.

Tadbirda soʼzga chiqqanlar olimaning serqirra ilmiy faoliyati va hayot yoʼli gapirdilar.

  

10 ga yaqin ilmiy maʼruzalar tinglangdi. Tadbir yakunida Sanʼat va madaniyat instituti talabalari tomonidan mumtoz qoʼshiqlar kuylandi hamda "Yoʼl boʼlsin" filmi namoyish etildi.