Shoʼrlangan tuproqdagi tuzlarni samarali yuvish vositasi

OʼzR FА Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan “Biosolvent” – shoʼrlangan tuproqdagi tuzlarni samarali yuvish vositasi ishlab chiqildi. “Biosolvent” suvda yaxshi eriydi, tuproq qatlamiga tez singadi, tuproq gʼovakliligini va hosildorlikni oshiradi, shoʼr yuvishda suv sarfini 1,5 marta kamaytiradi. Kuzgi shoʼr yuvishda shudgorlashdan soʼng, bahorgi shoʼr yuvishda ekin ekishdan oldin va vegetatsiya davrida birinchi sugʼorishdan oldin tuproqning shoʼrlanish darajasiga koʼra 5-10 l/ga qoʼllaniladi.

Ushbu preparatni shoʼrlangan yerlarda qoʼllash natijasida paxta hosildorligi 7-9 sentrga oshishi kuzatiladi.