Rossiyalik olimlar bilan ilmiy hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan olimlar ishtirokida O‘rta Osiyo o‘simliklar bioxilma-xilligini o‘rganishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar o‘tkazildi.

  

Unda Botanika instituti ilmiy xodimlari, O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti, Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universiteti Biologiya fakulteti hamda Toshkent Agrar universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ushbu ilmiy seminarda biologik xilma-xillik va uni muhofaza qilish, ekotizim, florani o‘zgarishi hamda uning sabablari to‘g‘risidagi  masalalar muhokama qilindi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha kerakli ilmiy ma’lumotlarni olishdi.