Qishloq xoʼjaligi ekinlari uchun preparatlar va ularni amaliyotga joriy qilish

OʼzR FА Bioorganik kimyo institutida Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjalik vaziri va xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Institutda qishloq xoʼjaligi yoʼnalishidagi ishlanmalar, olimlar tomonidan yaratilgan preparatlar, ularning qoʼllanilish sohalari, hozirgi holati va amaliyotga joriy etish uchun qanday muammolar mavjudligi haqida toʼliq maʼlumotlar berildi.

  

Shuningdek, Institut xodimlari va vazirlik tomonidan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ularning realizatsiyasini jadallashtirish maqsadida marketing sohasini jalb qilgan holda aniq rejalar tuzish va uni amalga oshirish boʼyicha fikr almashildi.