Qishloq xoʼjaligi ekinlari hosildorligini oshirishdagi ilmiy izlanishlar

Dunyo aholisining soni oʼsishi bilan bogʼliq global muammolarni hal qilish uchun qishloq xoʼjaligi faoliyatini yuritish usullarini oʼzgartirish zarur. Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (Food and Agriculture Organization - FAO) maʼlumotlariga koʼra, 30 yildan soʼng dunyo aholisini boqish uchun hozirgi kunga nisbatan 70 foizdan ortiq oziq-ovqat mahsuloti talab etiladi. Tuproq unumdorligining pasayishi, global iqlim oʼzgarishi, yetishtirilayotgan mahsulotga sarflanadigan energiyaning yuqoriligi kabi muammolar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga jiddiy toʼsqinlik qiladi.


Yuqoridagi muammolarni bartaraf etishda "personallashtirilgan" ("barqaror", "aqilli") qishloq xoʼjaligi kontsepsiyasi ekinlardan olinadigan hosilni va unga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Bu borada, OʼzR FА Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida “Porloq-4” gʼoʼza navi urugʼlik chigitlari oʼsish va rivojlanishni tezlatuvchi biopereparatlar bilan qayta ishlanib ekildi. Kuzatuvlarga koʼra, biopereparatlar bilan ishlov berilgan dala maydonlarida koʼchatlarning oʼsishi, rivojlanishi hamda hosilga kirishi jadallashdi. OʼzR FА Genomika va bioinformatika markazi olimlari kelgusida boshqa qishloq xoʼjaligi ekinlariga ham “personallashtirilgan”ni tadbiq etishni rejalashtirgan.