O‘zR FA Yadro fizikasi instituti ilmiy bo‘lim va laboratoriyalarga mudir lavozimiga tanlov e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti quyidagi ilmiy bo‘lim va laboratoriyalarga mudir lavozimiga tanlov e’lon qiladi:

1.      Nazariy yadro fizikasi laboratoriyasi,  01.04.02 (nazariy fizika) va 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) ixtisosliklari bo‘yicha;

2.      Ko‘p zarrali tizimlar fizikasi laboratoriyasi,  01.04.02 (nazariy fizika) va 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) ixtisosliklari bo‘yicha;

3.      Yadro reaktorlari fizikasi laboratoriyasi,  01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) ixtisosligi bo‘yicha;

4.      Yadroviy tibbiyot laboratoriyasi, 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va  01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;

5.      Yadroviy tahlil laboratoryasi,    01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va  01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;

6.      Radiokimyo laboratoriyasi,  01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va  01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;

7.      Yadro energetikasi va yadroviy texnologiyalar bo‘limi,  01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va  01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;

8.      Optik hodisalar radiatsiyaviy fizikasi laboratoriyasi, 01.04.07 (kondensirlangan holat fizikasi) ixtisosligi bo‘yicha;

9.      Qattiq jismlar elektornikasi radiatsiyaviy fizikasi va texnikasi laboratoriyasi,  01.04.07 (kondensirlangan holat fizikasi) ixtisosligi bo‘yicha;

10.    Qattiq jismlarda strukturaviy o‘zgarishlar laboratoriyasi, 01.04.07 (kondensirlangan holat fizikasi) ixtisosligi bo‘yicha;

11.    Nanostrukturali va o‘ta-o‘tkazuvchanlik materiallar fizikasi laboratoriyasi,  01.04.07 (kondensirlangan holat fizikasi) ixtisosligi bo‘yicha;

12.    Eksperimental yadro fizikasi laboratoriyasi,   01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) ixtisosligi bo‘yicha;

13.    Sohalararo texnologiyalar laboratoriyasi   01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va  01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;

14.    Ekologiya va biotexnologiyalar laboratoriyasi,   01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va  01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;

 

Nomzodlarga talablar: fan dotori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) (fan namzodi) ilmiy darajasining borligi; ilmiy loyihalarga rahbarlik qilganlik tajribasi;  oxirgi 2 yilda chop etgan maqolalari/patentlari,  xalqaro kollaboratsiyalarda qatnashganligi. 

Hujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab 10 kungacha muddatda qabul qilinadi.

Tanlov kuni: 2020-yil 17-yanvar.

Ariza va hujjatlarni (ma’lumotnoma, pasport va diplomlar nusxasi, ilmiy ishlar ro‘yxati, rezume)  quyidagi manzilga yuboring:

Manzil: 100214, Toshkent sh., Ulug’bek qo‘rg‘oni,  u. G‘ulomov–1, O‘zR FA Yadro fizikasi instituti.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 71 289-35-63 (Ilmiy kotib - Turdaliyev Kamil Tabarakovich).

Hujjatlar elektron nusxalarini turdaliev@inp.uz eletron pochtaga yuboring.