O‘zR FA vakillari Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasi Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zR FA vitse-prezidenti B.T.Ibragimov va Tashkiliy-tahlili bo‘limi boshlig‘i O‘.S.Maxmudovlar Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasi (MAAN) Kengashining 32-yig‘ilishida ishtirok etdilar. Bunda dunyoning 20 dan ortiq Fanlar akademiyalari vakillari va yosh olimlari qatnashdi.

Yig‘ilish doirasida MAAN Kengashining bir qator tashkiliy masalalari muhokama qilindi hamda XXR ning 3 ta akademiyalari va Mo‘g‘uliston akademiyasining MAAN tarkibiga a’zolik so‘rovlari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: Assotsiatsiya 1993-yilda Kievda Ukraina Milliy fanlar akademiyasi prezidenti akademik B.E.Paton boshchiligida tashkil etilgan. 2017-yildan Belarus milliy fanlar akademiyasi MAAN bazaviy akademiyasi va tashkiliy-metodik kuzatuvchilik funktsiyalarini bajarib kelmoqda. MAAN rahbari etib Belarus Milliy fanlar akademiyasi Prezidiumi raisi akademik V.G.Gusakov saylangan. Assotsiatsiyaning oliy rahbarlik organi - MAAN kengashi.