O‘zbekistonda elektromobil texnologiyalari uchun sinov va sertifikatlash markazi tashkil etiladi

2017-yilda Quyosh energiyasi xalqaro instituti Xitoy Xalk Respublikasi “Henan Suda Electric Car Technology Co..Ltd.” kompaniyasi bilan ilmiy-texnik hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida Memorandium imzolangan edi. O‘zbekistondagi O’zR FA Quyosh energiyasi xalqaro instituti Xitoy Xalq Respublikasining "Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd." kompaniyasi bilan aynan shu muqobil manba asosida zamonaviy elektromobil texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish loyihasi bo‘yicha hamkorlik qilmoqda. Memorandium asosida shu yilning 14-iyunida Quyosh energiyasi xalqaro instituti Xitoy Xalq Respublikasining "Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd." kompaniyasi bilan muqobil manba asosidagi zamonaviy elektromobil texnologiyalarni amaliyotga taqbiq etish bo‘yicha  seminar tashkil qilingan edi. Bu ishning mantiqiy davomi sifatida O’zbekiston delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining "Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd." kompaniyasiga xizmat safari uyushtirishdi. 

Safar davomida O’zbekiston delegatsiyasi “Henan Suda Electric Car Technology Co..Ltd.” kompaniyasining ishlab chiqarish obyektlari, quvvatlari va mahsulotlari, sinov va sertifikatsiyalash laboratoriyalari hamda ularda amalga oshirilayotgan ishlar va izlanishlar bilan tanishdilar.

 

O‘zR FA Quyosh energiyasi xalqaro instituti hamda “Henan Suda Electric Car Technology Co..Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yangi energiya manbalari asosida elektromobil texnologiyalarini rivojlantirish va elektr transport vositalari tarmog‘ini tashkil etish kelishib olindi. “Bir makon – bir yo‘l” loyihasi doirasida ikki tomonlama foydali iqtisodiy hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi e’tirof etildi hamda O‘zbekistonda yangi energiya manbalari asosida elektromobillar loyihasini samarali amalga oshirish maqsadida Loyiha boshqaruv qo‘mitasi tuzildi va uning tarkibiga Matchanov Nuraddin (O‘zbekiston tomonidan Qo‘mita raisi), Yusupov Azimjan (rais o‘rinbosari) va Avloqulov Umid (mas’ul kotib) kiritildi hamda mazkur Qo‘mitaning majburiyat va vazifalari belgilandi, tegishli guvohnoma va sertifikatlar taqdim etildi.

 

Quyosh energiyasi xalqaro instituti va “Henan Suda Electric Car Technology Co..Ltd.” o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra O‘zbekistonda yangi energiya manbalari va ular asosidagi elektromobil texnologiyalari uchun sinov va sertifikatlash markazini tashkil etish, O‘zbekistonda yangi energiya manbalari va ular asosidagi elektromobil texnologiyalari sohasi uchun texnik markaz tashkil etish hamda ushbu markaz bazasida quvvatlash (zaryad) qurilmalari va shaxobchalarini o‘rnatish, sohaga tegishli xalqaro standartlar asosida milliy standartlarni ishlab chiqish, ilmiy-texnik va marketing izlanishlarini olib borish,  joriy yilning sentabr oyida “Henan Suda Electric Car Technology Co..Ltd.” va Quyosh energiyasi xalqaro instituti birgalikda O‘zbekistonda Suda texnik institutini tashkil etish hamda 20 dona elektromobil, ularni quvvatlash qurilmalari va laboratoriya asbob-uskunalari sinov maqsadlari uchun O‘zbekistonga olib kelish belgilab qo‘yildi.

Xizmat safari doirasida kompaniya vakillari bilan turli uchrashuvlar tashkil etildi va tegishli masalalar atroflicha muhokama qilindi.