O'zbekiston va Yaponiya ilm-fan sohasidagi hamkorligi mustahkamlanmoqda

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti va Aichi universiteti (Yaponiya) o'rtasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzolangan. Aichi universiteti rahbariyati O‘zR FA Sharqshunoslik institutiga tashrifi davomida (2019-yil 10-iyul) Institut qo‘lyozma materiallari yordamida 2 ta kitob nashr etishni taklif qildi. Ulardan birinchi kitob shartli ravishda "Temuriy malikalari" deb nomlanadi va ikkinchi kitob-albom o'rta asr miniatyuralariga bag'ishlanadi. Kelgusida ushbu loyihalarni amalga oshirish bo’yicha Bitim imzolanishi kutilmoqda.