Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining qo'shimcha rasmiy BАYONOTI

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi rasmiy BАYONOTI

 

-           2020-yil 24-mart kunidan boshlab OʼzR FА tizimidagi barcha ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarida masofadan turib ish jarayonini tashkil etish yoʼlga qoʼyiladi hamda muassasa binosi va inshootlarini samarali saqlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun ichki buyruq asosida oʼz faoliyatini ish joyida amalga oshiradigan rahbar va xodimlar roʼyxatini tasdiqlanadi;

-           mazkur xodimlar shaxsiy himoya (maska) vositalari bilan taʼminlanishi qat’iy nazoratga olinadi;

-           FА ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlariga tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat shaxsiy himoya vositalari (maska) hamda gigiena vositalarini (spirtli antiseptik) qoʼllagan holda kiritish majburiy tartibda joriy etiladi;

-           bugungi kundagi holatdan kelib chiqib hamda shaxsning sogʼligʼi xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari xodimlariga “uydan ish joyiga – ish joyidan toʼgʼri uyga” tamoyili asosida oʼz ish faoliyatini tashkil etish tavsiya etiladi.