“O‘zbekiston etnologiyasining nazariy-uslubiy muammolari” Respublika ilmiy anjumani o‘tkaziladi

2019-yil 19-dekabr kuni O‘zR FA Tarix instituti va Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorlikda “Akademik Karim Shoniyozov o‘qishlari” turkumida “O‘zbekiston etnologiyasining nazariy-uslubiy muammolari” VIII an’anaviy Respublika ilmiy anjumani o‘tkaziladi. Anjuman soat 10:00 da Toshkent davlat  o‘zbek tili va adabiyoti universiteti majlislar zalida boshlanadi.

Konfereniyaga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.  

Manzil: Toshkent shahri, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy.