O‘zbekiston- Amerika- Kanada biznes forumi

Joriy yilning 16-17-may kunlari Navoiy viloyatida AQSh hamda Kanada davlatlarining ishbilarmon doiralari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari ishtirokida ilk bora o‘tkazilgan “Navoiy hududini o‘zingiz uchun kashf qiling – biznesingiz uchun yangi gorizontlar joyi” nomli O‘zbek-Amerika-Kanada biznes forumi o‘tdi. Ushbu forumda Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari o‘zlarining “Kvars kumlarini boyitish”, “Fosfogipsni qayta ishlash va Piroliz” biznes loyihalarning taqdimoti bilan ishtirok etdi.