Oʼzbek xalqining tarixiy merosi o’rganishga bag’ishlangan anjuman

Markaziy Osiyo xalqlari oʼzining boy tarixi va madaniyati bilan insoniyat tamaddniga katta hissa qoʼshgan. Mustaqillik yillarida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy merosni oʼrganish va targʼib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yil 26-fevral kuni OʼzR FА Temiriylar tarixi davlat muzeyida FA Tarix instituti hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida “Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani oʼtkazildi.

Unda respublikamizning turli hududlaridan kelgan olimlar va yosh tadqiqotchilar, FA ijtimoiy fanlar yoʼnalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi.

Аnjuman doirasida Oʼzbekistonda tarix fanining dolzarb muammolari, arxeologiya, sanʼat, madaniyat, adabiyot tarixi, muzeyshunoslik va arxivshunoslik boʼyicha maʼruzalar tinglandi a muhokama qilindi.

Аnjuman yakunida oʼzbek xalqining tarixiy merosi va uni oʼrganishning dolzarb muammolari, istiqboldagi ilmiy yoʼnalishlar belgilab olindi.