Oʼzbek charm-poyabzal sanoati rivoji uchun yana bir qadam

Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi M.T.Oʼrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari tomonidan “Materialga ishlov berish tezligini avtomatik boshqaruvchi valli mashina” konstruksiyasi ishlab chiqildi va ixtiroga patent olindi.

Ushbu ishlanma teri xom-ashyosiga mexanik ishlov berishda ishchi vallar uzatmasini tezligini reostat yordamida materialning yuzasi boʼyicha qalinligining oʼzgarishiga mos ravishda texnologik jarayonning tezligi avtomatik holda boshqariladi.

Ushbu valli texnologik mashinani qoʼllash orqali charm-poyabzal sanoatida qalinligi va kengligi xilma-xil boʼlgan teri xom ashyolardan sifatli charm mahsulotlarini ishlab chiqarishga erishiladi. Bir soʼz bilan aytganda bu ishlanma mamlakatimizda charm-poyabzal sanoatining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.