“Oʼzbegim ayoli-2020” tanlovi gʼoliblari taqdirlandi

26-fevral kuni “Oʼzbegim ayoli-2020” tanlovi gʼoliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi. Gʼoliblar bir necha nominatsiyalar boʼyicha taqdirlandi. OʼzR FА Genomika va bioinformatika markazi Transgenomika va toʼqimalar kulturasi laboratoriyasi mudiri Xurshida Ubaydullayeva “Ziyoli ayol” nominatsiyasi boʼyicha gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.

Olima gen injeneriyasi sohasida tan olingan. Biologiya fanlari doktori. 100 dan ortiq ilmiy ishlar, ilmiy maqolalar va ixtirolar muallifi.

Xurshida Ubaydullayevani ushbu mukofot bilan Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatlariga muvafaqqiyatlar tilaymiz!