Onlayn loyiha “Аkademik bilan suhbat”

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda “Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasi tashkil qilindi va bu muntazam o`tkazib borilishi rejalashtirilgan.

Loyihadan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarni ilm-fan yangiliklari bilan yaqindan tanishtirish va shu orqali ularni ilm-fanga qiziqtirish va jalb qilishdir.

1. Loyihaning birinchi mehmoni Kimyo fanlari doktori, professor, akademik, Supramolekulyar kimyo fanlari sohasidagi olim, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kimyo-biologiya fanlari bo'yicha vitse-prezidenti Ibragimov Baxtiyor To'laganovich bo'ldi.

2. Loyihasining ikkinchi mehmoni dunyo tan olgan oʻzbek matematigi O'zR FA akademigi Shavkat Abdullayevich Ayupov

3. Loyihasining uchinchi mehmoni Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, folklorshunos olim O'zR FA akademigi Toʼra Mirzayev

4. Loyihasining to'rtinchi mehmoni san’atshunos olim OʼzR FA akademigi Hakimov Akbar Abdullayevich

5. Loyihasining beshinchi mehmoni zoolog olim, biologiya fanlari doktori, professor, OʻzR FA akademigi Azimov Jaloliddin Azimovich

6. Loyihasining oltinchi mehmoni biofizika sohasidagi yetuk olim, biologiya fanlari doktori, professor, OʻzR FA akademigi Sobirov Ravshan Zairovich

7. Loyihasining yettinchi mehmoni botanika sohasidagi yetuk olim, OʻzR FA Botanika instituti direktori, akademik Tojibayev Komiljon Sharobitdinovich