Navro`zi ayyom muborak!

Navro`z – xalqimizning ma`naviy dunyosini, azaliy ozru-umidlarini, turmush tarzini namoyish etadigan, mehr-muruvvat, insonparvarlik, go’zallik, yosharish va yangilanish kabi fazilatlarni o`zida mujassam qilgan bayram. 
Navro`zi olam – sharqona yangi yil. U bahordek go`zallik va nafosatni o’zi bilan birga xalqimizning ongu tafakkuri, qalb-shuuriga singib ketuvchi, xonadonlarimizga shodu xurramlik olib keluvchi aziz va qadrli milliy bayramimizdir. 
  Ushbu qut-baraka bayrami barchamizga muborak bo’lsin! Tilagimiz – hamisha el-yurtimiz, xonadonlarimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to’kin, rizqimiz butun bo`lsin!