O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo'limi

Rais

Мirzaev Abdurazaq Umirzaqovich

Texnika fanlari doktori
navoiy@academy.uz
(+998 79) 223 42 16
Bog'lanish
 
Manzil: 210100, Navoiy sh., G'alaba 170
Rais: Мirzaev Abdurazaq Umirzaqovich
Теlifon: (+998 79) 223 42 15 ; (+998 79) 223 42 16
Faks: (+998 79) 223 24 86

     O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo’limi  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 iyun «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo’limi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3059-sonli qaror asosida tashkil etilgan.

Bo’limning asosiy vazifalari va faoliyati yunalishlari etib quydagilar belgilangan:

  • Navoiy viloyatining sanoat va qishloq xo’jaligini tarmoqlari xolatining tizimli taxlilini olib borish, muommoli masalalarni aniqlash va ularning samarali yechimini izlash uchun ustuvor ilmiy yo’nalishlarni belgilash;

  • Xududning iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik rivojlanishi, energo va resurstejamkor texnologiyalarni joriy etishni taminlash, ishlab chiqilayotgan maxsulotlarning tannarxini pasaytirishga yordam beruvchi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish;

  • Xududning texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish ;

  • Xududni yanada rivojlantirishga qaratilgan geologiya, konchilik ishi, metallurgiya, kimyo, geotexnologiya, biotexnologiya, mexatronika, nanotexnologiya, biotenologiya, agrokimyo, ekologiya, avtomatika, energitika va mashinasozlik soxalarida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni o’tkazishda ishtirok etish

  • Ilmiy-pedagog yuqori malakali kadrlarni, talim muassasalari o’qtuvchilari va sanoat korxonalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish;

  • Fan-ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi jarayonini jadallashtirishga ko’maklashuvchi sharoitlar yaratish;

  • Sanoat va qishloq xo’jaligi soxalarida jahon va mamlakat ilm-fani yutuqlarini o’rganish va taxlil qilish, hududning xususiyatlari va ehtiyojlarini inobatga olib, ulardan foydalanish