Namanganda o’tkazilgan akademik seminar

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Namangan muhandislik-qurilish instituti hamkorlikda mintaqaning ilmiy va amaliy muammolarini o’rganishga bag’ishlangan “Akademik o’qishlar” ilmiy-amaliy seminari o’tkazildi.
Unda O’zR FA vitse-prezidenti, akademik B.Ibragimov va O’zR FA bosh ilmiy kotibi G’.Baxodirov, Institut professor-o'qituvchilari qatnashdilar. 

 

Vodiy viloyatlaridan Namanganda ilk bora o’tkazilgan mintaqa ilmiy va amaliy muammolarini o’rganishga bag’ishlangan ushbu seminarda ilm-fandagi yutuqlar, ilmiy izlanishlar natijalarini amaliyotga joriy qilish masalalari muhokama qilindi va o’zaro fikr almashildi.