Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosi muhokamasi

Xorazm Maʼmun akademiyasida OʼzR FА vitse-prezidenti S.Z.Mirzayev, FА Ilmiy kadrlar boshqarmasi boshligʼi А.Qayumov ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar muhokamasiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.

   

Yigʼilishda Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, xususan, 2019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da erishilgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy natijalar, mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʼtarish maqsadida Davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlanishi bejiz emasligi alohida gapirib oʼtildi. Shuningdek, Murojaatnoma mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi barcha yoʼnalishlarni qamrab olgani taʼkidlandi.

Bundan tashqari, FА vitse-prezidenti S.Z.Mirzayev Xorazm Maʼmun akademiyasi yosh olimlari bilan ham uchrashdi.