Mobil gibrid Quyosh-yoqilgʼi elektr stantsiyasi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Quyosh energiyasi xalqaro instituti olimlari tomonidan Mobil gibrid Quyosh-yoqilgʼi elektr stantsiyasi yaratildi.

Mobil gibrid Quyosh-yoqilgʼi elektr stantsiyasi olis aholi punktlari va fermer xoʼjaliklarida avtonom elektr energiyasi va suv taʼminoti, chorva mollarini sugʼorish va tomchilab sugʼorish tizimlarida ishlatilishi mumkin. Qurilma yengil avtomashinaga tirkama orqali ulab harakatlantiriladi. U Quyosh energiyasi va benzin yoqilgʼisi bilan ishlaydi, elektr uzatish liniyalari tortishga ehtiyoj boʼlmaydi.

Mobil gibrid Quyosh-yoqilgʼi elektr stantsiyasi ish jarayonida mobil ilova va internetga ulangan Sim karta orqali masofadan turib boshqariladi.