U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti

Direktor

Ashurov Hotam Baxronovich

Texnika fanlari doktori
ashurov@iplt.uz
(+99871) 262-31-69
Bog'lanish
Manzil: 100125, Toshkent sh., Do'rmon yo'li, 33
Direktor: Ashurov Hotam Baxronovich
Теlifon: (+998 71) 262-31-69
Faks: (+998 71) 262-32-54
Sayt: http://iplt.uz

     Institut elektronika 1967 yil tashkil etilgan va 2012 yilda Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti bo'lib qayta tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil 17 fevraldagi P?-2789-son, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma?kamasining 2017 yil 18 maydagi “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 292-son qarorlariga muvofiq U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti o'z faoliyatini qayta tashkil etdi. Institut fizikaviy elektronika, ion-plazmali texnologiya, lazer fizikasi va texnologiyasi, optika, jumladan nochiziqli, spektroskopiya, molekulyar fizika sohalarida etakchi markazlardan biri hisoblanadi va korpuskulyar olimlar, plazma va lazer nurlarining qattiq jism sirti bilan o'zaro ta'siri va nochiziqli optik xodisalarni tadqiq etish, xamda zaryadlangan zarralar va quvvatli lazer nurlarining materiallar hossalarini yo'naltirilgan ravishda o'zgartirish va nazorat qilishga tadbiq etish soxalarida o'z ilmiy maktabi bilan dunyoda  ma'lum.
Institut faoliyati Respublikada turli materiallar yaratish yo'lida ion-plazma, lazer va boshqa texnologiyalar va ishlanmalarni rivojlantirishning ilmiy tehnik jihatlarini hal qilish va yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan.