Ilm- fanning ta'lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi

O`zR FA Navoiy bo‘limi qoshidagi Idoralararo ilmiy-texnik kengashining yettinchi Kengaytirilgan ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zR FA 15 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarning 50 yaqin yetakchi olimlari va mustaqil izlanuvchilari, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, “Navoiyazot” va “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari va mutaxassilari hamda manfaatdor davlat muassasalari va xususiy korxonalar vakillari ishtirok etishdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlar olimlari o‘zlarining ilmiy ishlanmalari taqdimotini namoyish etishdi.

 

Shuningdek, FA Navoiy bo‘lim raisi A.Mirzayevning “Qizilqum paleogen davri cho‘kindi formasiyalarining litologiyasi, paleogeografiyasi va foydali qazilmalari” nomli monografiyasi muhokama qilinib, chop etishga tavsiya etildi.

Bundan tashqari, Navoiy davlat konchilik instituti texnoparkiga ekskursiya uyushtirildi. Ushbu texnopark zamonaviy asbob-uskunalar va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularning ba'zilari O‘zbekistonda yagonaligi bilan ajralib turadi.

 

Yig‘ilish yakunida olimlar va korxonalar mutaxassislari ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarni ilmiy asosda yechishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni xo‘jalik shartnomasi tuzish orqali bajarish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashishdilar.