Hindistonning “Anipra Impex LTD” kompaniyasi bilan shirin qalampir yetishtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Hindistonning “Anipra Impex LTD” kompaniyasi bilan shirin qalampir yetishtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Hamkorlik shartnomasiga asosan shirin qalampirning Nav va F1 urug‘lari Hindistondan olib kelindi. Institutda shirin qalampir yetishtirish  uchun yer ajratildi hamda barcha agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bir oy ichida fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga arzon narxlarda eksportbop shirin qalampir ko‘chatlari tayyorlab beriladi.

Kelajakda O’zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti va Hindistonning “Anipra Impex LTD” kompaniyasi bilan boshqa sabzavot ekinlari urug‘ va duragaylarini yetishtirish bo‘yicha ham kelishib olindi.