"Globallashuv davri publitsistikasi tilining taraqqiyoti" monografiyasi nashr etildi

O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti xodimi f.f.d. Yorqinjon Odilovning "Globallashuv davri publitsistikasi tilining taraqqiyoti" nomli ilmiy monografiyasi nashr etildi.

Mazkur monografiyada stilistikaning quyidagi masalalari yoritib berilgan:

Millat birligi va butunligining tayanch ustunlaridan biri tildir. Uning dunyo ayvonida borligi ham millat mavjudligi bilan belgilanadi. Necha zamondirki, o'zbek tili ko'p millionli o'zbek xalqini birlashtiruvchi kuch sifatida boyish, yangirish va rivojlanish jarayonlarini boshdan kechirmoqda. Ona tilimizning o'ttiz yillik mustaqil taraqqiyot davri esa tom ma'noda vazifaviy uslublarning shakllanish va yuksalish bosqichi sifatida tarixga kirdi. Jamiyat hayoti bilan hamisha hamqadam publitsistikaning tili ham lisoniy yangilanish, to'lish-to'liqishlarga boy bo'ldi. Mazkur monografiyada globallashuv davri publitsistikasi tilining leksik, semantik va grammatik taraqqiyoti haqida so'z boradi.