FOSSTIM-1bakterial o‘g‘iti

O‘zR FA Mikrobiologiya instituti tomonidan FOSSTIM-1bakterial o‘g‘iti ishlab chiqarilmoqda. Ushbu bioo‘g‘it g‘o‘za va  qand lavlagi urug‘larni ekishdan oldin erga ishlov berishda qo‘llaniladi. FOSSTIM-1bakterial o‘g‘iti tuproqning rN va tuproq mikroflorasi balansini normallashtiradi, tuproqdagi fosfatlarni o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladigan shaklga o‘tkazadi, tuproqqa solinadigan mineral va organik o‘g‘itlarning o‘zlashtirish darajasini oshiradi. Shuningdek, tuproq unumdorligini oshiradi va tabiat ekologiyasini yaxshilaydi, g‘o‘zani vertitsillyoz va fuzariozli vilt, ildiz chirish, alternarioz kasalliklari bilan kasallanishini pasaytiradi, ildiz sistemasini hamda butun o‘simlikning rivojlanishini yaxshilaydi, texnik ekinlarning hosilini 20-25% ga oshiradi, g‘o‘zaning tola va qand lavlagining ildiz mevalarini sifatini oshiradi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini pishib yetilish davrini qisqartiradi.