Fаrmаkokinetik bаholаsh mаrkаzi faoliyat yuritmoqda

OʼzR FА akad. O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutida ilk bor dori preparatlarining farmakokinetikasi va bioekvivalentligini tadqiq qilish markazi tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda.

Markaz faoliyatining asosiy yoʼnalishlari:

1. Oʼzbekiston olimlari tomonidan yaratilayotgan yangi dori vositalari ustida farmakokinetik va biofarmatsevtik tadqiqotlar olib borish, taklif etilayotgan dori shakllarini samaradorligini baholash;

2. Oʼzbekiston farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan generik preparatlarni original dori vositalarining farmakokinetik parametrlarini solishtirma tahlillar asosida bioekvivalentligini baholash va tegishli xulosalar berish.

Farmakokinetik maʼlumotlar preparatning bioxavfsizligini sifat va miqdoriy jihatdan aniqlash, yaratilayotgan dori shakllarini u yoki bu yoʼl bilan yuborishning afzalliklari va kamchiliklarini obʼektiv baholash va mos ravishda optimal yuborish yoʼllarini tavsiya qilish imkonini beradi. Markaz xodimlari oʼzimizda ishlab chiqarilgan va chet eldan keltirilgan dorivor preparatlarni biologik muhitdagi miqdori va ularning metabolitlari mikdorini aniqlashning barcha zamonaviy usullarini egallaganlar.

Laboratoriya zamonaviy analitik jihozlar, mini-vivari va tajriba hayvonlarini saqlash uchun metabolik kameralar bilan jihozlangan. Farmakokinetik maʼlumotlarni tahlil qilish uchun dasturiy taʼminot mavjud boʼlib, ularning asosiylari bu dorivor moddaning umumiy klirensi, uning organizmda tarqalishining ehtimoliy hajmi va organizmda oʼrtacha saqlanish vaqtidir.