Fanlar akademiyasiga Rossiyaning Ilm-fan va oliy taʼlim vaziri oʼrinbosari Natalya Bocharova tashrif buyurdi

Bugun, 8-aprel kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) aʼzo-davlatlari Ilm-fan va texnika boʼyicha rahbarlarining Oltinchi yigʼilishi doirasida Rossiya Federatsiyasi Ilm-fan va oliy taʼlim vaziri oʼrinbosari Natalya Bocharova tashrif buyurdi. Mehmonni FА vitse-prezidenti S.Mirzaev hamda RT-70 radioobservatoriyasi direktori G.Shanin kutib oldi.
Uchrashuvda ikki davlat oʼrtasidagi ilmiy aloqalar, jumladan, “Suffa” Xalqaro radioobservatoriyasi faoliyatini yoʼlga qoʼyish, u yerda ilmiy tadqiqotlarni olib borish ishlarini jadallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Bu kabi ilmiy hamkorlik aloqalari har ikki davlat uchun ham manfaatli ekanligi alohida taʼkidlandi.