Axborot xavfsizligiga bag’ishlangan xalqaro seminar

2019-yil 27-fevral kuni soat 09:00da O'zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti tashabbusi bilan “Checkpoint Software Technologies Ltd” (Isroil), “Global Security Shevach Group Ltd” (Isroil), “Eurotelecom Ltd” (Ukraina) kompaniyalari vakillari ishtirokida “Axborot xavfsizligi arxitekturasi va konsepsiyasi” mavzusida xalqaro seminar o’tkaziladi.

Manzil: O’zR FA Fizika-texnika instituti (Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov ko’chasi, 2B).

Mo’ljal: Gidrometeorologiya markazi.