Atoqli shoir, dramaturg va tarjimon Xurshid tavalludining 130 yilligi nishonlandi

Bugun, 13-may kuni O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida atoqli shoir, dramaturg va tarjimon Xurshid (Shamsiddin Sharafiddinov) tavalludining 130 yillik sanasiga bag'ishlangan respublika ilmiy-adabiy anjumani o'tkazildi.

  

Unda akademiklar, taniqli adabiyotshunos va teatrshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda shoirning oila a’zolari ishtirok etishdi.

Anjumanda so’zga chiqqanlar Xurshid hayoti va ijodi, Uning serqirra faoliyati haqida so'zlashdi. Anjuman oxirida Xurshidning qizi Rahima Sharafuddinova tadbir tashkilotchi va qatnashchikariga minnatdorchilik izhor qildi.