Astronomiya sohasidagi hamkorlik

O'zR FA Astronomiya instituti Nazariy astrofizika  bo'limi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Bobomurat Ahmedov 2019-yil 12-20-oktabr kunlari Qozog‘istonning Nur-Sulton shahridagi Nazarboyev universitetida qisqa muddatli ilmiy safarda bo’ldi. B.Ahmedov Qozog'istondagi eng ilg'or ilmiy va ta'lim muassasasiga qilgan ilmiy tashrifi davomida qozog’istonlik hamkasblari bilan birgalikda qora tuynukning turli xususiyatlarini, shu jumladan, qora tuynukning soyasi, uning atrofida zarrachalar harakati va undagi akkretsiya disklarining yorqinligini o'rganish bo’yicha muhokamalarda ishtirok etdi va seminarlar o’tkazdi.

Ahmedov hammuallifi bo'lgan maqola 2019-yil 17-oktabrda Physical Review D jurnalida chop etildi: https://journals.aps.org/prd/pdf/10.1103/PhysRevD.100.084038