Аlisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi eksponatlari hamda badiiy ashyolar katalogi

Kuni kecha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyotida "Аlisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi ekspozitsiyasi boʼlimi va fondida saqlanayotgan eksponatlar hamda badiiy ashyolar katalogi" nomli kitob nashrdan chiqdi.

Kichik kirish soʼzi taqdim etilgan mazkur katalog olti boʼlimni oʼz ichiga oladi. Dastlabki boʼlim Muzey ekspozitssiyasidan joy olgan toshbosma va boshqa nodir bosma kitoblarning tavsifiga bagʼishlangan. Keyingi boʼlimdan "Temuriylar davri madaniy hayoti" aks etgan.

"Аlisher Navoiy hayoti, ijtimoiy-siyosiy hamda ijodiy faoliyati", "Bobur va boburiylar davri adabiyoti", "XVI-XIX asrlar oʼzbek mumtoz adabiyoti", " XX asr oʼzbek mumtoz adabiyoti" kabi boʼlimlarda Muzeydan joy olgan eksponatlarining tavsifi keltirilgan. Mazkur katalog muzeyshunos, adabiyotshunos, sanʼatshunos va sohaga qiziquvchi kitobxonlarga moʼljallangan.