Akademik Muxtor Saidov olamdan o‘tdi

Fizik-matematika sohasidagi yirik olimlardan biri, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Muxtor Saidov 90 yoshida vafot etdi.

Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Muxtor Saidovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.