Akademik Mirziyod Mirsaidov bilan onlayn suhbat o'tkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda o’tkazilayotgan “Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasining bu galgi mehmoni injener-mexanik, matematik olim, OʻzR FA akademigi Mirziyod Mirsaidov bo’ldilar.

Ushbu onlayn suhbat Zoom platformasida bo’lib o’tdi. Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Nukus shahridagi Prezident maktabi o’qituvchi va o’quvchilari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

 

Onlayn suhbatda akademik Mirziyod Mirsaidov o’quvchilarga o’zining ilmiy izlanishlari, o’quvchilik va talabalik yillari, bu sohaga kirib kelishi, ustozlari haqida gapirib berdi va o’quvchilar ham o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Akademik Mirziyod Mirsaidov o’quvchilarni ko’proq kitob o’qishga, izlanishga, mehnat qilishga va chet tillarini o’rganishga chorladi. Suhbat ishtirokchilari akademik Mirziyod Mirsaidovga o’z minnatdorchiligini bildirdilar.