Akademik Dilorom Yusupova bilan onlayn suhbat o'tkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda o’tkazilayotgan “Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasining bu galgi mehmoni sharqshunos olima, OʻzR FA akademigi Yusupova Dilorom Yunusovna bo’ldilar.

Ushbu onlayn suhbat Zoom platformasida bo’lib o’tdi. Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Nukus shahridagi Prezident maktabi o’qituvchi va o’quvchilari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Onlayn suhbatda akademik Dilorom Yusupova o’quvchilarga o’zining ilmiy izlanishlari, manbashunoslik, qadimiy qo’lyozmalar haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi va o’quvchilar ham o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shunungdek, o’quvchilarni ko’proq kitob o’qishga, izlanishga, mehnat qilishga va chet tillarini o’rganishga chorladi.

Onlayn suhbat ishtirokchilari akademik Dilorom Yusupovaga o’z minnatdorchiliklarini izhor etib, bu kabi suhbatlar tez-tez o’tkazilishi istagida ekanliklarini bildirdi.