14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

Serquyosh va jannatmakon yurtimizni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylab kelayotgan aziz posbonlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil qilinganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod qilamiz.

Sizlarga yurtimiz mustaqilligini mustahkamlashda, sarhadlarimiz dahlsizligini, tinch va farovon hayotimizni himoya qilishda bitmas-tuganmas kuch-quvvat, sog‘liq-omonlik tilaymiz.

Yurtimiz hamisha tinch va farovon, osmonimiz sof-musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi rahbariyati.