Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Za'faron ekish maydonlari va ishlab chiqarish hajmi yanada kengaytiriladi


Jizzax viloyatining Baxmal tumani “Uzunbuloq” QFY hududida joylashgan “BMB-OPERA ZAFFERANO” O‘zbekiston — Italiya qo‘shma korxonasining za'faron plantasiyasida “Respublika za'faron o‘simligi maydonlarini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish” mavzusida ko‘rgazmali-amaliy seminar o‘tkazildi. Ushbu tadbirda qishloq xo‘jaligi sohasiga va dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda qayta ishlashga daxldor mutaxassislar, tadbirkorlar, FA Navoiy bo’limi mutaxassis olimlari ishtirok etishdi.

Unda seminar ishtirokchilari za’faron o‘simligini yetishtirish agrotexnikasi, yig‘ishtirish va qayta ishlash bo‘yicha to‘liq ma'lumotlarga ega bo’lishdi.  

Seminar yakunida FA Navoiy bo‘limi olimlari “ВMВ Trade Group” kompaniyasi bilan za'faron o‘simligini Navoiy viloyatining Navbahor va Nurota tumanlarida yetishtirishni yo’lga qo’yishga kelishib oldilar.

Bu sohadagi ishlar joriy yilning avgust oyidan boshlanashi ko‘zda tutilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!