Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yozgi matematika maktabi onlayn darsi o’tkazildi


OʼzR FА Matematika instituti olimlari tashabbusi bilan talabalar va yosh olimlar uchun 2020-yil 16-iyulida "Oʼyinlar nazariyasiga kirish" mavzusida Yozgi matematika maktabi onlayn darsi tashkil etildi.

Unda respublika oliy talim muassasalari professor-o`qituvchilari hamda iqtidorli talabalar va Matematika instituti jamoasi ishtirok etdi. Bugungi onlayn darsda akademik Аbdulla Аʼzamov "Differensial o`yinlar uchun uch yondashuv: elementar yondashuv" mavzusida ma’ruza qildi. Onlayn dars davomida sohaga oid zamonaviy muammolar muhokama qilindi va o’zaro tajriba almashildi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!