Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yodingizdami?! Yozgi matematika maktabi davom etmoqda!


O’zR FA Matematika instituti olimlari tashabbusi bilan talabalar va yosh olimlar uchun 2020-yilning 16-iyulidan haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 11:30 da "r-adik analizga kirish" mavzusida onlayn darslari tashkil etilmoqda.

"r-adik analizga kirish" mavzusida Yozgi matematika maktabining navbatdagi onlayn darsi 2020-yil 10-avgust kuni oʼtkazildi. Unda Matematika instituti katta ilmiy xodimi Iskandar Sattarov “p-adik uzluksiz funksiyalarning xossalari va differentsial hisob” mavzusida maʼruza qildi.

Maʼruzada keltirilgan tushuncha va xossalarning haqiqiy hamda r-adik analiz nuqtai nazaridan oʼziga xosliklari yoritib berildi. Dars savol-javoblarga boy tarzda oʼtdi. Tinglovchilar darslarda berilayotgan maʼlumotlar juda qiziqarli va foydali boʼlayotganini taʼkidlab, kelajakda oʼzlarining tadqiqot maydonlarini r-adik analizni qoʼllagan holda kengaytirishni maqsad qilib qoʼymoqdalar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!