Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Yilning eng faol yosh olimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi


2018 yil 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi majlislar zalida “Yilning eng faol yosh olimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizdagi eng iqtidorli yosh olimlar, tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Faxrli 1-o‘rinni Buxoro viloyatidan Alimov A’zam Anvarovich, 2-o‘rinni O’zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ilmiy xodimi An Yekatirina Vladimirovna, 3-o‘rinni Surxondaryo viloyatidan Eshqurbonov Furqat Bozorovich qo‘lga kiritdilar. Barcha g‘oliblarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. G‘oliblarni O‘zR FA ma’muriyati nomidan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ishlarida omadlar tilaymiz.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!