Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga (Dubna) Oʼzbekistonning toʼlaqonli aʼzoligi tiklandi


2020-yil 23-noyabrda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YaTBI, Dubna, Rossiya) aʼzo davlatlari Muxtor vakillar qoʼmitasining yillik sessiyasi boʼlib oʼtdi.

Ushbu yigʼilish kun tartibiga qoʼyilgan masalalardan biri Oʼzbekiston Respublikasining Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga toʼlaqonli aʼzoligini tiklash masalasi boʼlib, mazkur masala boʼyicha Qoʼmita aʼzolari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasini Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga toʼlaqonli aʼzoligini 2021-yil 1-yanvardan tiklash qarori qabul qilindi.

Oʼzbekiston Respublikasining YaTBIga toʼlaqonli aʼzoligi mahalliy mutaxassislarni yirik xalqaro loyihalarda ishtirok etishini hamda yadro texnologiyalari, yadroviy tibbiyot, axborot texnologiyalari va materialshunoslik yoʼnalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi.

  

foto: jinr.ru

Maʼlumot oʼrnida: hozirda Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga Ozarbayjon, Armaniston, Belorusiya, Bolgariya, Vetnam, Gruziya, Qozogʼiston, KHDR, Kuba, Moldova, Moʼgʼuliston, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Oʼzbekiston, Ukraina, Chexiya - 18 ta davlat taʼsischi-aʼzo boʼlgan.

Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti – bu yirik xalqaro hukumatlararo tashkilot, dunyoga mashhur ilmiy markaz boʼlib, u eng yangi texnologiyalar rivojlantirish va qoʼllash bilan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvaffaqiyatli birlashtirishning noyob namunasidir. Jahon ilmiy hamjamiyatida mazkur Institutning reytingda juda yuqori.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!