Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“XXI asr – intellektual yoshlar asri” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʼtkazildi


O‘zR FА Materialshunoslik institutida “XXI asr – intellektual yoshlar asri” mavzusida respublika yosh olimlar ilmiy va ilmiy-texnik anjumani oʼtkazildi.

Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zR FA Yosh olimlar kengashi, O‘zR FA Birlashgan kasaba uyushma qoʼmitasi hamkorligida tashkil etildi.

Anjumanni O‘zR FA prezidenti, akademik B.Yuldashev ochib berdi va anjuman ishiga omad tiladi. Shundan O‘zR FA bosh ilmiy kotibi G‘. Bahadirov so‘zga chiqdi hamda FA Yosh olimlar kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir boshlanishida 2021-yilda karantin sababli onlayn o‘tkazilgan Yosh olimlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi va ularga diplom, estalik sovg‘alari topshirildi.

Аnjuman ishi ochilish va plenar (umumiy) yigʼilish hamda “Fizika-matematika va texnika fanlarining dolzarb muammolari”, “Tabiiy fanlarning dolzarb muammolari”, “Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari” nomli uchta shoʼbalarda olib borildi va yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalari muhokama qilindi.

Аnjuman yakunida Ishchi guruhga kelib tushgan materiallar va maʼruzalar tanlab olinib yosh olimlar “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi boʼyicha diplom va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!