Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xorijdagi vatandoshlarimizdan matematiklar uchun yana bir onlayn seminar


2020-yil 20-avgust kuni O’zR FA Matematika instituti va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali hamkorligida oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari uchun seminar tashkil etildi. Seminarda Аvstraliya davlatining Monash universiteti Malayziya filiali professori Аkram Hasanov "Elektron taʼlim boshqaruv tizimlarida R dasturidan foydalanish" mavzusida maʼruza qildi.

Maʼruzada R dasturlash tilidagi "exams" paketining imkoniyatlari baʼzi kodli fayllar orqali namoyish qilindi. R dasturi yordamida maʼlumotlarni hosil qilish jarayonini oʼz ichiga olgan dinamik hujjatlar shaklidagi mashqlarni hosil qilish hamda ushbu mashqlarni Moodle yoki Blackboard kabi taʼlim boshqaruv tizimlariga qulay tarzda joriy etish usullari koʼrsatildi. Shuningdek, bu bilan har bir talaba uchun tezkor yechim va individual fikr-mulohazalarni taqdim etish imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!