Fanlar akademiyasi rahbariyati

Fanlar akademiyasi prezidenti

Yuldashev Bexzod Sodiqovich

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti (2017-yil 10-yanvardan  - hozirgi vaqtga qadar)

Fizika sohasi olimi, fan tashkilotchisi va jamoat arbobi.

O’zSSR Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1983 y.)

Amerika fiziklari jamiyati a’zosi, Indiana universiteti, Vashington universiteti (AQSh) va Kembridj universitetlari (Buyuk Britaniya) faxriy professori (fellow), Islom dunyosi akademiyasi (IAS) akademigi, Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (BYTI, Dubna shahri, Rossiya)  faxriy doktori.

Xalqaro ESO mukofoti laureati (2004 y.)

 1945-yil 9-mayda Toshkent shahrida tug’ilgan.

1968-yilda Toshkent Davlat univesiteti va Moskva Davlat univesitetini yadro fizikasi mutaxassisligi bo’yicha  a’lo baholar bilan tamomlagan.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akdaemiyasi haqiqiy a’zosi – akademik (2000 y.), fizika-matematika fanlari doktori (1981 y.), professor (1987 y.), fizika-matematika fanlari nomzodi (1971 y.).

1990-2006 - yillarda va 2017-yildan bugunga qadar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akdaemiyasi Yadro fizikasi instituti direktori.

Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida katta ilmiy xodim, Fizika-texnika institutida  laboratoriya mudiri, Yadro fizikasi instituti direktori, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akdaemiyasi prezidenti (2000-2005 yy.), O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori, Xalqaro atom energiyasi agentligida (Vena sh., Avstriya) fan bo’yicha maslahatchi, Vashington universiteti, Stenford universiteti (AQSh) va Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida taklif etilgan professor lavozimlarida ishlagan. Milliy tezlatgichlar laboratoriyasi Fermilab (AQSh) va Triumf (Vankuver, Kanada) laboratoriyalari tezlatgichlarida xalqaro tadqiqotchilar guruhi tomonidan bajarilgan ikkita eksperimentlarga ilmiy rahbarlik qilgan. Yevropa yadro tadqiqotlari markazining (CERN, Jeneva, Shveysariya) Katta adron kollayderida (Large Hadron Collider) o’tkaziladigan eksperimentlarda ishtirok etadi. Yadroviy xavfsizlikni mustahkamlash va yadro qurollarini tarqatmaslik bo’yicha amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan yirik loyihalarga rahbarlik qilgan.

Asosiy ilmiy-tashkiliy faoliyati elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, sanoat, qishloq xo’jaligi va tibbiyot sohalarida yadro texnologiyalaridan foydalanish kabi masalalarni qamrab oladi.

300 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta monografiya va 20 ta ixtiro muallifi.

Ilmiy rahbarligida 8  fan doktori va 30 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlangan.

«Mehnat shuhrati» Ordeni bilan mukofotlangan (2003 y.).

 

tel.: (+998-71)   233-68-47  
faks: (+998-71) 233-74-82
e-mail: yuldoshev@academy.uz
Qabul vaqti: dushanba-juma 09-00 dan 11-00 gacha


 

Fanlar akademiyasi Bosh ilmiy kotibi

Baxadirov G'ayrat Ataxanovich

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi (2018-yildan hozirgi vaqtgacha)

Texnika fanlari doktori, professor

Mashinasozlik, texnologik mashinalar mexanikasi sohasidagi olim

1954 yil 21 avgustda Toshkent viloyatida tavallud topgan

1979 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

O’zR FA M.T. O’rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida kichik, katta va bosh ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, ilmiy kotib, O’zR FA Bosh ilmiy kotibi o’rinbosari - Fundamental va amaliy dasturlar tashkiliy-tahliliy bo’limi boshlig’i, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi bo’lib ishlagan.

250 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 3 monografiya va 40 ixtiro muallifi.

1 nafar fan doktori va 1 nafar fan nomzodini tayyorlagan.

2010 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

 

tel.: (+998-71)   233-29-81  
faks: (+998-71) 233-29-81
e-mail: gensec@academy.uz 
Qabul vaqti: dushanba-juma 08-00 dan 11-00 gacha


Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

Mirzayev Sirojiddin Zayniyevich

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining fizika-matematika va texnika fanlari bo'yicha vitse-prezidenti (2017-yildan hozirgi vaqtgacha)

Fizika-matematika fanlari doktori, professor

1968-yil 25-oktyabrda Surxandaryo viloyati Termiz tumanida tavallud topgan

1990-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.

O’zR FA Issiqlik fizikasi bo’limi kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodim, etakchi ilmiy xodim, labaratoriya mudiri, Germaniya Federativ respublikasi Gettingen Universiteti ilmiy xodimi, I.M.Gubkin nomidagi neft va gaz RDU Toshkent filiali fan bo’limi boshlig’i, O’zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri, Toshkent davlat texnika universiteti laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlagan.

160 dan ziyod ilmiy ishlar, jumladan 2 ta monografiya muallifi.

1 nafar fan doktori  tayyorlagan.

 

tel.: (+998-71)   233-80-63  
faks: (+998-71) 233-80-63
e-mail: natscie@academy.uz 
Qabul vaqti: dushanba-juma 08-00 dan 11-00 gacha


Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

Ibragimov Baxtiyor To'laganovich

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kimyo-biologiya fanlari bo'yicha vitse-prezidenti (2018-yildan hozirgi vaqtgacha)

Kimyo fanlari doktori, professor, akademik

Supramolekulyar kimyo fanlari sohasidagi olim

1949 yil 11 mayda Toshkent shahrida tavallud topgan

1973 yilda Leningrad davlat universitetini tamomlagan.

O’zR FA Bioorganika kimyo institutida stajyor-tadqiqotchi, kichik, katta va yetakchi ilmiy xodim bo’lib ishlagan.

300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 3 monografiya va 10 ixtiro muallifi.

3 nafar fan doktori va 12 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.

2007-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

 

tel.: (+998-71)   233-29-81  
faks: (+998-71) 233-29-81
e-mail: gensec@academy.uz 
Qabul vaqti: dushanba-juma 08-00 dan 11-00 gacha


Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

Abduhalimov Bahrom Abduraximovich

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha vitse-prezidenti (2017 yildan hozirgi vaqtgacha).

Tarix fanlari doktori.

Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim.

1959 yil 27 fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan.

1981 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU) ni tamomlagan.

O’zR FA Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo’lim boshlig’i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, direktor, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan 2 ta monografiya muallifi.

1 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.

 

 

tel.: (+998-71)   233-18-02  
faks: (+998-71) 233-72-08
e-mail: social@academy.uz 
Qabul vaqti: dushanba-juma 08-00 dan 11-00 gacha