Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Turkmaniston Prezidentiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Faxriy akademigi unvoni berildi


2019-yil 28-noyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Faxriy akademigi unvonini berishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda rasmiy delegatsiya a’zolari, akademiklar, yetuk olimlar,  O‘zbekiston va Turkmaniston jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

  

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev nutq so‘zlab,  Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga berilgan unvon ikki davlat ilm-fan sohalarini rivojlantirish, qardosh o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiyot, tibbiyot, farmakologiya va fanning boshqa sohalarini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan yetuk olim sifatidagi xizmatlari uchun hurmat ifodasi ekanini ta’kidladi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga ko‘rsatilgan yuksak hurmat va e’tibor uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!