Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Toshkent ilmiy-tadqiqot observatoriyasi 150 yoshda!


2018-yil 15-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan Toshkent ilmiy-tadqiqot observatoriyasining 150 yilligiga bagʻishlangan “Zamonaviy seysmologiyaning dolzarb muammolarini yechishda geofizik usullar” mavzusidagi Xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.

 

2 kun davom etadigan ushbu konferensiyada respublikamizdan 100 ga yaqin, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Turkmaniston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi davlatlardan 50 ga yaqin olimlar ishtirok etishmoqda. Konferensiya ishida seysmik xavfni baholash, zilzilani prognoz qilish va seysmik riskni kamaytirish muammolari hamda zamonaviy geodinamika va iltosferaning seysmikligi kabi masalalar muohokama qilinadi.

Maʼlumki, Oʻzbekistonda geofizik kuzatuvlar 1868-yilda Turkiston harbiy okrugining topografiya boʻlimida Toshkent fizik observatoriyasi tashkil etilgandan soʻng doimiy va maqsadli oʻtkazila boshlanlandi. 1876-yilda Astronomiya observatoriyasi alohida ajralib chiqdi, fizik observatoriya esa geofizikaga yoʻnaltirildi. 1924-yilda Oʻzbekiston hukumatining qaroriga asosan observatoriya “Toshkent ilmiy-tadqiqot observatoriyasi” nomi bilan qayta tashkil etilgan va uning faoliyat sohasi va moddiy-texnik bazasi kengaytirilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!