Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tojikiston Fanlar akademiyasi Kulyaps Botanika bog‘i delegatsiyasi tashrifi


Joriy yilning 8-10-oktabr kunlari O‘zR FA Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘iga Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xatlon ilmiy markazi (Kulyaps Botanika bog‘i) direktori Mariyo Boboyev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida ular Toshkent Botanika bog‘ida tarqalgan  o‘simliklar bilan tanishdi. Tashrif so‘nggida bunday uchrashuvlarni  ko‘paytirish va ikki tashkilot o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida shartnoma imzolandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!