Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Termitlarga bag‘ishlangan yangi nashr


2019-yil may oyida O‘zR FA Zoologiya institutining bir guruh olimlari muallifligida rus tilida "Экология термитов рода Anacanthotermes" nomli monografiya chop etildi.

Ushbu monografiya Anacanthotermes Jacobson, 1904 avlodi vakillarining ikki turini O‘zbekistonning tabiiy va urbanlashgan hududlarida zarar keltirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda A.turkestanicus va A.ahngerianus termitlarning morfologiyasi, biologiyasi va ekologiyasi, biogeotsenozlarda ularning tarqalishidagi zamonaviy tendensiyalar keltirilgan. Tarixiy madaniy meros ob’ektlari va boshqa inshootlarni yemirish mexanizmlari ochib berilgan, hamda termitlar populyatsiyasi sonini boshqarish tizimida tubdan yangi vosita va uslublar taklif etilgan.

Ushbu nashr keng qamrovli biologlar, entomologlar, zoologlar hamda arxitektura va qurilish soxasidagi mutaxassislarda qiziqish uyg‘otadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!