Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Temuriylar tarixi davlat muzeyida Smart texnologiyalar joriy etildi


2020-yilning ilk kunlaridan O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida Smart texnologiyalar joriy qilindi. Bu orqali Muzeyga tashrif buyuruvchilar zamonaviy interaktiv vositalar yordamida turli eksponatlar va Muzey haqida qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Muzey eksponatlari haqidagi ma’lumotlar NazzAR – innovatsion ilovasi yordamida real elementlar bilan boyitildi. Smartfoningizni Muzeyning 21 ta nuqtasiga o‘rnatilgan eksponat tasviri tushurilgan AR belgili maxsus taxtachalarga yo‘naltirib, eksponat haqidagi ma’lumotlarga o‘zbek, rus, ingliz, fransuz tillaridagi audio-videogid yordamida ega bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek,  3D dinamikali gologrammalar ham aks etib, u turli effektlar bilan to‘ldirilgan.

  

Buning uchun foydalanuvchi o‘z smartfoniga Android va iOS qurilmalari uchun ishlab chiqilgan NazzAR ilovasini yuklab olishi lozim. Ushbu nnovatsion loyiha Amir Temur va temuriylar tarixini yanada kengroq yoritib berishga xizmat qilmoqda. Smart texnologiyalarning joriy qilinishi Muzeyga respublikamizdan tashrif buyuruvchilar va sayyohlar uchun juda katta qulayliklarni yaratadi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!