Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tarmoqlarga joriy etishga tayyor boʼlgan ilmiy ishlanmalar taqdimoti


2020-yil 3-dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida oliygoh, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar oldidagi ustuvor vazifalar”ga bagʼishlangan yigʼilishda hudud va tarmoqlarni ilmiy tashkilotlar bilan bogʼlash, respublikada ilm-fan samaradorligini oshirish, iqtisodiyotga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng joriy etish vazifasi qoʼyildi.

Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 7-9-dekabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida ilmiy tashkilotlar tomonidan tarmoqlarga joriy etishga tayyor boʼlgan ilmiy ishlanmalar taqdimoti hamda turli uchrashuvlar oʼtkazildi.

 

Ikki davomida oʼtkazilgan taqdimot hamda uchrashuvlarda vazirlik va idoralar, ilmiy tashkilotlar va ilmiy ishlanmalar mualliflari ishtirok etdi.

Taqdimot va uchrashuvlar yakunida tarmoqlarda mavjud muammo va ehtiyojlarni ilmiy tashkilotlarga buyurtma berish va ilmiy ishlarni tijoratlashtirish boʼyicha kelishuvlar boʼldi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!